
Sobiq angliyalik futbolchi Uokerni tanqid qildi: Sirg‘a ayollar va qaroqchilar uchun
Joi Barton Kayl Uokerni mashg‘ulotlarga sirg‘alar bilan borgani uchun tanqid qildi.
Angliya terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi kecha "Uembli"da Braziliyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yinning 20-daqiqasida mushaklaridan jarohat oldi.
"Sirg‘a bilan mashq qilish noto‘g‘ri madaniyat hisoblanadi. Bunday yo‘l bilan hech narsa yutib bo‘lmaydi. Futbolchilar buyuk Bobbi Murdan ko‘ra ko‘proq Dreykga o‘xshashni xohlashadi.
Sirg‘alar ayollar va qaroqchilar uchun", - deb yozdi "Manchester Siti" va "Nyukasl" sobiq futbolchisi.
Fikrlar