Slot: "Postekoglu Evropa ligasida g‘olib bo‘lishiga umid qilaman"

  • 21 dekabr, 2024, 18:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 17-turi doirasida "Liverpul" - "Tottenxem" bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv oldidan Arne Slot matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis navbatdagi o‘yin va Ange Postekoglu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Men hozirgi kunda Angeni Evropa ligasida chempion bo‘lishiga ishonaman. To‘g‘ri, biz Angliya liga kubogining yarim final bosqichida ham to‘qnash kelamiz. U erda ham ikki jamoaga omad tilab qolaman, eng kuchlisi g‘alaba qozonsin. 
 
Biz hozir 4 ta chempionatda kurash olib bormoqdamiz. Albatta har birida kubokni boshimiz uzra ko‘tarishni niyat qilib qo‘ydik.​ Ertangi uchrashuv esa qiyin bo‘lishi aniq, biz faqatgina o‘zimizni ko‘rsatmoqchimiz, xolos​"
- dedi niderlandiyalik bosh murabbiy. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!