
"Siti"ning yangi futbolchisi 20 daqiqa o‘ynab, jarohat oldi
Ayni vaqtda Angliya kubogi doirasida "Leyton" - "Manchester Siti" bahsi davom etmoqda va "shaharliklar" hozircha 0:1 hisobida imkoniyatni boy bermoqda.
Achinarlisi, mazkur bellashuvning 20-daqiqasida "Siti" "shaharliklar" yaqinda o‘z tarkibiga qo‘shib olgan Niko Gonsales jarohat oldi. Shuningdek, u gol bo‘lgan epizodda xato qilgandi.
Ma’lumot uchun, "shaharliklar" uni "Portu"dan 60 millionga sotib olgandi. U tayanch yarim himoyada Rodriga o‘rinbosar bo‘lishi kutilayotgandi.
Qayd etish lozim, ushbu o‘yinda legionerimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldirilgan.
Fikrlar