“Siti” super himoyachidan, “Napoli” katta summadan quruq qoldi

  • 29 sentabr, 2020, 12:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng senegallik himoyachi Kalidu Kulibalini sotib olish fikridan voz kechdi.

Tecno

Bungi birinchi navbatda “Napoli” xo‘jayinlarining 29 yoshli futbolchining transferini 80 million evrodan pasaytirmagani sabab bo‘ldi. Qolaversa, “shaharliklar” Portugaliyadan “Benfika” himoyachisi Ruben Diashni olib kelganidan keyin, Kulibaliga bo‘lgan qiziqish so‘ndi.

“Napoli” Kalidu Kulibalini 2014 yilda Belgiyaning “Genk” jaomasidan 7,5 million evroga sotib olgandi. “Manchester Siti” bilan besh yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan senegallik himoyachi “Napoli” rahbariyatidan narxni tushirishni so‘raganiga qaramay, neapolliklar o‘z fikridan qaytmadi va bu transfer barbod bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!