
Simona Xalep yarim finalda o‘ynaydi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Dubay shahrida o‘tkazilayotgan turnirining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Simona musobaqaning chorak finalida belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqib, yakunda 3:6, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, S.Xalep "Dubai Duty Free Championships" turnirining yarim finalida amerikalik Jennifer Brediga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar