Simona Xalep Dubayda tangsiz

  • 23 fevral, 2020, 23:54
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
BAAning Dubay shahrida ruminiyalik Simona Xalep "Dubai Duty Free Tennis Championships" turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
 
Simona musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida qozog‘istonlik Elena Ribakinaga qarshi bahs olib bordi va 3:6, 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi.
 
Shu tariqa turnirning bosh sovrinini o‘ziniki qilgan S.Xalep tashkilotchilar tomonidan 696 ming AQSh dollari hamda 470 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!