Simeone Olmoning ro‘yxatdan o‘tkazilgani va Vinisiusga engil jazo berilgani haqida gapirdi

  • 12 yanvar, 17:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Diego Simeone Dani Olmo ishini va Vinisius Juniorning engil jazosini olqishladi. 

Oliy sport kengashi (CSD) "Barselona"ga Olmo va Pau Viktorni mavsumning ikkinchi qismida vaqtincha o‘tkazishga ruxsat berdi, ammo La Liga va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi buni rad etgandi. 

Vinisiusga kelsak, "Real" qanot himoyachisi La Liganing ikki bellashuviga diskvalifikatsiya qilingan. Braziliyalik futbolchi "Valensiya"ga qarshi bahsda (2:1) qizil kartochka oldi. U darvozabon Stole Dimitrievskini boshining ort tarafidan turtib yubordi va hakamning qaroriga emotsional tarzda munosabat bildirdi. 

- Olmo ishi haqida qanday fikrdasiz?

- Men "Atletiko"ning bu boradagi bayonotida aytilgan fikrlarning barchasiga qo‘shilaman. Bu juda muhim masala. Siz jurnalistlar kuchga egasizlik va jamoatchilik Olmo ishi bo‘yicha qarordan rozi emas. 

- Vinisiusga berilgan engil jazo va Olmo ishi bo‘yicha qarordan so‘ng "Real" va "Barselona" bilan qanday raqobatlasha olish mumkin? 

- Men jim turishni afzal ko‘raman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!