
Simeone "Atletiko"dan ketsa, uning o‘rnini kim egallashi mumkin?
Madridning "Atletiko" klubi jamoa bosh murabbiyi Diego Simeonega munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.
A Bola nashrining yozishicha “matraschilar” bu borada “Portu” ustozi Serjiu Konseysauni ko‘z ostilarira olib qo‘yishgan. Agar 44 yoshli Simeone "Inter"dan bo‘layotgan taklifni qabul qilsa, uning o‘rnini aynan Konseysau egallashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Konseysau faoliyati davomida "Braga", "Vitoriya Gimaraynsh" va "Nant" kabi jamoalarni boshqargan. "Portu"da esa 2017 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Diego Simeone esa “Atletiko”ni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Joriy yil boshida u “matraschilar” bilan shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar