
Simeone "Atletiko"dagi antirekordini takrorladi
Madridning “Atletiko” klubi Ispaniya chempionatining o‘n birinchi turida navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Yakshanba kuni "matraschilar" safarda "Betis"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu "Atletiko"ning joriy kalendar yilidagi 24-mag‘lubiyati bo‘ldi. Bu Diego Simeone uchun jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlagan vaqt davomida antirekor hisoblanadi. Bunday holat Simeone boshqaruvidagi "Atletiko"da 2021 va 2022 yillarda sodir bo‘lgan. O‘shanda ham jamoa yil davomida 24 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Diego Simeone Madrid klubini 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa ikki marta Ispaniya chempioni bo‘ldi va ikki marta Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi.
Fikrlar