
Simeone: 17 ta gol ursam ham Argentina terma jamoasiga chaqirishmadi
"Napoli" hujumchisi Jovanni Simeone Argentina terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishini istashini aytdi.
“Jahon chempionatida Argentina terma jamoasining bir qismi bo‘lishni xohlardim, lekin A Seriyada 17 ta gol urganimga qaramay, terma jamoa yig‘iniga chaqirilmadim. Umid qilamanki, bir kun kelib shunday bo‘ladi", - dedi Simeone.
27 yoshli Simeone 2021/2022 yilgi mavsumda “Verona” tarkibida Italiya chempionatining 35 ta o‘yinida 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni damda argentinalik futbolchi "Napoli"da ijara asosida o‘ynamoqda va hozircha olti uchrashuvda ikkita gol urdi.
Fikrlar