
Shved klubi Ibragimovich bilan shartnoma imzolangani borasidagi xabarlarni rad etdi
Xabaringiz bor bundan avvalroq "Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovichning "Xammarbyu" klubiga o‘tishiga sha’ma qilgani borasida xabar tarqatgan edik.
Biroq, shved klubining kommunikatsiyalar menejeri Aksel Pershagen 38 yoshli futbolchi bilan hech qanday shartnoma imzolanmaganini ma’lum qildi.
"Zlatan hali bizga qo‘shilmadi. Agar u biz bilan shartnoma imzolaganida, buni saytimizda ko‘rgan bo‘lardingiz", - deydi Pershagen.
Eslatib o‘tamiz, yana bir necha kunlardan Ibragimovichning AQSh klubi bilan shartnomasi yakunlanadi va shundan so‘ng erkin agenta aylanadi.
Fikrlar