
Shou qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
"Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Lyuk Shou Premer-liga 8-turida "Everton"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, 67-daqiqada Aksel Tuanzebega almashtirildi.
The Athletic nashri jurnalisti Lori Uituellga ko‘ra, angliyalik futbolchining tiklanishi uchun 4-6 hafta talab qilinadi. Bu vaqt mobaynida koronavirusdan sog‘ayib safga qaytgan Aleks Telles uning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Shu tariqa, Shou APLda "Vest Bromvich", "Sautgempton" va "Vest Xem"ga, Chempionlar ligasida "Istanbul Beshekshehir", PSJ va "RB Leyptsig"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar