
Shotlandiya ustozi Germaniyadan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatga izoh berdi
Stiv Klark Shotlandiyaning Germaniyadan 1:5 hisobida uchralgan mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi.
Jamoalar Myunxenda "Evro-2024" ochilish o‘yinida maydonga tushishdi.
"Bu qiyin oqshom. Biz o‘z darajamizda o‘ynamadik. Ko‘ringanidan ancha yaxshiroqmiz, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, keyingi ikki bahsda buni ko‘rsata olamiz.
Maqsadimiz - keyingi uchrashuvda to‘rt ochko qo‘lga kiritish. Germaniya ajoyib terma jamoa. Afsuski, biz ular bilan bahslasha olmadik. Birinchi bo‘lim juda tez o‘tdi va biz o‘yinni qutqarib qola olmadik", - dedi Shotlandiya bosh murabbiyi.
Fikrlar