
Shotlandiya terma jamoasi a’zosi London grandlarini qiziqtirib qo‘ydi
"Bornmut" klubi vingeri Rayan Freyzer APL grandlarining e’tiboriga tushdi.
The Mirror nashrining yozishicha 25 yoshli shotlandiyalik futbolchi uchun "Arsenal" va "Tottenxem" klublari o‘zaro kurash boshlashgan. Londonliklarning fikricha ushbu futbolchining o‘yin sifatini inobatga olganda, uning transfer narxi nisbatan arzonroq hisoblanadi. Freyzerning transferi ushbu jamoalarga 18 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Freyzer joriy mavsum “Bornmut” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar