
"Sho‘rtan" yangi hujumchi tranferini e’lon qildi
Superligaga qaytgan "Sho‘rtan" tarkibini Daler Sharipov bilan kuchaytirmoqda.
Bir necha daqiqa oldin go‘zorliklar "Metallurg"ning sobiq futbolchisi hisoblangan Daler Sharipov bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Klub bundan tashqari Abror Toshqo‘ziev va Temur Mamasidiqov transferlarini ham e’lon qilgan edi.
O‘tgan mavsum bekobodliklar safida harakat qilgan Sharipov yangi klub bilan bir yillik kelishuvga erishgan.
Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli forvard o‘tgan mavsum 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 175 ming evro deb baholanmoqda.
Fikrlar