Shomurodovning vazifasi boshqa futbolchiga yuklandi!

  • 21 oktabr, 2022, 19:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” yozda bir necha futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olganiga qaramay, jangovar tarkibni shakllantirishda jiddiy mummolarga duch kelmoqda. Bunga etakchi o‘yinchilarning ko‘p jarohat olayotgani, Paulo Dibala va Jorjino Veynaldum kabi yangi taklif etilganlarning uzoq muddatga safdan chiqqanini asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin.

Ayniqsa, argentinalik yulduzning ketma-ket ikki marta shikastlangani va ikkinchi  jarohati jiddiy bo‘lib chiqqani “Roma”ni murakkab vaziyatga solib qo‘ydi. Chunki Dibala A Seriya va Evropa ligasining dastlabki o‘n bitta o‘yinida ettita gol va ikkita assist bilan jamoaning eng kuchli o‘yinchisiga aylangandi.

c54485d163f3532a9a5a94ff1459ef03

Endi Joze Mourino hujum chizig‘ida o‘zgartirishlarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda. Portugaliyalik mutaxassis joriy mavsumda 3-4-1-2 sxemasidan foydalanmoqda. “Bo‘rilar” moslashib olgan va ancha samarali hisoblangan bu taktik sxemada maydonda bir vaqtning o‘zida ikkita hujumchi to‘p tepishi kerak.

Bundan tashqari, murabbiylar shtabi tomonidan tayyorlangan ikkinchi taktika – 3-5-2 sxemasida ham Mourino bir juft hujumchini boshlanhich tarkibda maydonga tushirishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Dibalaning jarohati tufayli Mourino boshchiligidagi murabbiylar bu muammo echimini asli markaziy yarim himoyachi bo‘lgan Nikolo Dzanologa markaziy hujumchi vazifasini yuklashda ko‘rmoqda. Ayni paytda “Roma”da uch nafar markaziy hujumchi – Temmi Abraxam, Andrea Belotti va Eldor Shomurodov bor. Legionerimiz ikki hamkasbi farqli o‘laroq , chap va o‘ng qanot hujumchisi vazifasini ham bajara oladi.

Biroq, Joze Mourino bir necha pozitsiyada harakat qila oladigan Shomurodovga ishonch bildirmasdan, aslida hamyurtimizga tegishli bo‘lgan vazifani Nikola Dzaologa yuklamoqchi. 23 yoshli italiyalik futbolchi universal hisoblanadi. U shu paytga qadar o‘zi moslashgan o‘ng qanotdan va markaziy yarim himoyadan tashqari, hujumchi ortida va hujum markazida ham o‘ynagan. Shuningdek, Dzanolo pleymeyker vazifasini ham yaxshi uddalaydi.

Corriere della Sera gazetasining yozishicha, poytaxt klubi murabbiylar shtabi Dzanologa markaziy hujumchi vazifasini yuklash bo‘yicha yakuniy qaror kelib bo‘lgan. Mutaxassislar bu sxema Nikologa ko‘proq gol urish imkonini berishini ta’kidlamoqda.

Joze Mourinoning bu qaror Shomurodovning o‘ynash imkonini yanada kamaytiradigan ko‘rinadi. O‘zbekistonlik muxlislarga yoqmaydigan jihati Eldor aynan o‘ynaydigan yoshda zaxirada qolib ketmoqda.

Mavsum boshlanganiga uch oydan o‘tgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori A Seriya va Evropa ligasida atigi to‘rt marotaba maydonga tushib, jami 60 daqiqa harakat qildi xolos.

Eldorning o‘yindan tashqari holatda qolib ketayotganidan foydalanib qolmoqchi bo‘layotgan “Bolonya” va “Torino” hamyurtimizni qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.  

Bu borada “Roma” sport direktori Tyagu Pinto klub rahbariyati qarorini aniq va lo‘nda qilib, bildirdi.

- Andrea Belotti asosiy tarkibda paydo bo‘lganidan keyin “Roma” Eldor Shomurodovni sotib yuborishi mumkinligi haqida so‘rayapsizmi? Eldor ham xuddi Belotti singari Rimda qoladi, - deb ta’kidladi Tyagu Pinto ommaviy axborot vositalari xodimlariga.

shoma

Demak, Shomurodovning kelajagi qanday davom etishi hali to‘liq hal bo‘lgani yo‘q. 

Abduxoliqov yangi asrning eng zo‘r legioner to‘purari bo‘lishi kutilmoqda!

Shomurodov ketadi(mi?)...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!