
Shomurodovning "Roma"dagi sherigi Ispaniyaga qaytishi mumkin
Ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik "Roma"ni tark etib, Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Insayder Sasha Tavolerining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchiga "Vilyarreal" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlagan.
"Sariq suv osti kemasi" laqabli klub ukrainalik hujumchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Dovbikning o‘zi yangi klubga o‘tishga tayyor.
2024-2025 yilgi mavsumda ukrainalik futbolchi Rim jamoasining 45 ta o‘yinida ishtirok etgan. Hujumchi 17 ta gol urib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumchi Transfermarkt tomonidan 30 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar