Shomurodovning otasi Eldorning Morata bilan futbolka almashgani haqida: O‘g‘lim Ronaldudan libosini so‘rashni o‘ziga ep ko‘rmaganini aytdi

  • 9 yanvar, 2021, 16:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jenoa”da to‘p surayotgan Eldor Shomurodovga Yuventus” tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarlar juda yoqimli eshitilmoqda. Lekin bu hali rasman tasdiqlangan emas. Aytishlaricha, “Yuventus” klubidagilar hujumchi Alvaro Morataga o‘rinbosar sifatida hamyurtimizning nomzodini ko‘rib chiqayotgan ekan.

Tecno

E’tiboringizni esa bir qiziq jihatga qaratmoqchimiz. 11-tur doirasida “Jenoa” o‘z maydonida “Yuventus”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi. O‘sha bellashuvda Shomurodov ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushganini yaxshi bilasiz. O‘yin yakunlanganidan keyin esa, Shomurodov aynan “Yuve” hujumchisi Morata bilan futbolka almashgan. Bu haqida Eldorning dadasi Azamat aka Shomurodov sports.uz muxbiriga shunday dedi:

- Ha, to‘g‘ri, futbolka almashgan. Unga nimaga Ronaldu bilan futbol almashmading, deb so‘raganimda, buni o‘zimga ep ko‘rmadim. Morata bilan futbolka almashdim, u yaxshi bola ekan, aytsam rad qilmadi, dedi, - deya voqelikni izohladi futbolchining dadasi.

Tez orada Eldorning dadasi bilan uyushtirilgan qiziqarli suhbatni sports.uzda o‘qishingiz mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
10/01/2021 09:37
Ранолда кийкаеганлар хилидан булса кйрак манимча Элдор юрак амрига кулок тутгандир балким Нима булганда хам яхшилик Бу сафар Ранолдадан сураб куради шунда аён булади хаммаси Элдорга ОМАДОМАДОМАД ГОЛГОЛГОЛ
Наркобилов Суюн
09/01/2021 17:14
Juda yaxshi
Анвар Жовлиев
09/01/2021 17:32
Ха тугри килган
&
GaLaKtiKos ReaL MaDriD BeK.
09/01/2021 16:28
Bu manmanlikga kirsa kerak menimcha,