Shomurodovning bu “ishini” faqat futbolchi va murabbiylar biladi xolos!

  • 19 may, 2021, 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Eldor Shomurodov bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng yorqin yulduziga aylangan. Hujumchimiz A Seriyaga ko‘chib o‘tganidan keyin murakkab chempionatda o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Ayniqsa, chempionat yakunlanishi arafasida o‘yini tobora ochilib bormoqda. Eldorni klub miqyosidagi musobaqalar yakunlanigi bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogining qo‘shma saralash turniri doirasidagi muhim uchrashuvlar kutib turibdi.

Eldor Shomurodovning Evropa miqyosidagi hujumchi darajasiga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shgan “Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, o‘zbekistonlik legionerga Italiyaga ketishidan oldin nima deb nasihat qilganini, hujumchining ketishi “Rostov”ga qanday ta’sir qilganini gapirib berdi.

160217044_4384410511569835_3595636089533338654_o

Sports.uz sayti o‘quvchilari e’tiboriga ushbu suhbatni havola qilamiz.

- Shomurodov “Jenoa” uchun ettita gol urdi. Bu yaxshi ko‘rsatkichmi?

- Muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmaydigan o‘yinchi uchun bu zo‘r natija. Italiyada ettita gol urishni Rossiyada shuncha to‘p kiritish bilan solishtirib bo‘lmaydi.

- “Atalanta” darvozasiga bir juft gol urganidan keyin Eldorni tabrikladingizmi?

- Yo‘q. Bunga hafsalam yo‘q edi.

- Shomurodovga hali ham maslahat berib turasizmi?

- Maslahat berish uchun jarayon ichida bo‘lish kerak. Ketishidan oldin maslahat berganman. O‘z vaqtida ustozim Oleg Ivanovich Romantsevdan eshitgan nasihatlarimni Eldorga aytdim. Ya’ni, murabbiyingni aytganlarini bajar, dedim. Begona ibodatxonaga o‘zingni qoidalaringni tiqishtirmaysanku. Odamlar o‘sha yurtda yashaydigan sharoitga moslashib ketish kerak.

- Shomurodovning ketishi “Rostov”ga qanday ta’sir qildi? Axir u Italiyaga ketishdan oldin birorta gol urolmagandi.

- Eldorning ketishi bizga qattiq ta’sir qildi. Albatta, hujumchiga gollariga qarab baho berishadi. Lekin Eldorning jamoa uchun qilgan ishlarini faqatgina murabbiylar va futbolchilar bilishadi xolos.  

tpnxwzi7jii

Darhaqiqat, Eldor Shomurodov faoliyatida “Rostov”ning ahamiyati katta bo‘lganidek, hamyurtimiz jamoasi uchun ham qo‘ldan kelgan yordamini ayamadi. Shomurodov o‘ynagan davrda “Rostov” Rossiyaning eng kuchli jamoalari qatoriga qo‘shildi. Chempionlar ligasi  yo‘llanmasi uchun kurashdi. Garchi “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniriga chiqa olmagan bo‘lsa-da, Evropa ligasida ishtirok etdi. Ushbu turnirdagi uchrashuvda rostovliklarning yagona golini aynan Eldor Shomurodov “Makkabi” darvozasiga kiritgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak.

Surxondaryolik hujumchi “Rostov”dagi o‘yinlari orqali dastlab, Rossiya grandlari e’tiboriga tushdi, keyinchalik Ispaniya, Germaniya, Belgiya, Frantsiya, Turkiya kabi mamlakatlar jamoalaridan qiziqishlar bo‘ldi. Hatto, “Jenoa” vakillari Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlagan bir paytda,  Italiyaning o‘zidan “Verona” va “Fiorentina” kabi klublar ham  “Rostov”ga taklif bilan chiqdi.

18597042_0_36_1917_1114_1920x0_80_0_0_7c89eaf106c4f69f4531bbd3decf87a3

Mavsum oxiriga kelib, Shomurodov  “Jenoa” taklifini qabul qilib, xatoga yo‘l qo‘ymagani oydinlashmoqda. O‘zi uchun debyut mavsumda jami 30 ta uchrashuvda ettita gol urib, bitta golli pas oshirgan hamyurtimiz bir necha kuchli jamoalar e’tiborini qozongani bor gap.

Biz esa, Shomurodovning Evropa futbolidagi ikkinchi mavsumi dastlabkisidan omadliroq, mazmunliroq va sermahsulroq bo‘lishiga umid qilib qolamiz.

To‘purar legionerimiz yana eng zo‘rlar safida!

Transfermarkt o‘zbekistonlik to‘purarning Angliya klubiga o‘tish imkonini baholadi!

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
LiViRpUl+ GeNeO
19/05/2021 13:26
Tugri malumot beringlar ortoq blogerlar
&
Abdushukurov O
19/05/2021 11:01
Assalomu alaykum sports.uz muxbirlari, iltimos, sarlavhani haqqoniy qo'ying. Keyin, Shomurodov 2 ta golli pas bergan, 1 ta emas !