Shomurodovni Ronalduga tenglashtirishdi

  • 28 iyun, 2020, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Rossiya ommaviy axborot vositalariga bergan intevyusida “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovni maqtadi.

Tecno

Tajribali mutaxassis Eldorning boshqalardan farqi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

"U mehnatkash. Huddi Krishtianu Ronaldu singari. Men o‘z vaqtida uning amakasi bilan o‘ynaganman. U ham o‘ta mehnatkash edi. Bu ularning qonida bor shekilli. Menimcha, Karpin uni hujum markaziga qo‘yib, to‘g‘ri joy topib berdi. Eldor O‘zbekistonda klublar miqyosida ham, terma jamoada ham asosan qanotlarda to‘p surardi".

Sports.uz  portali tez fursatda Andrey Fyodorovning to‘liq intervyusini e’tiboringizga havola qiladi.  

1563182463_0_18_2631_1498_600x0_80_0_0_c1a6580906a49e688d395043f590b018

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!