Shomurodov xudbin emas! Raneri Eldor haqida yana qanday fikr bildirdi?

  • 11 aprel, 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya chempionati qizg‘in pallaga kirdi. A Seriyada Klaudio Raneri qayd etayotgan natijalar hammani hayratga solmoqda. 73 yoshli mutaxassis qisqa fursatda “Roma”ni Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadigan darajaga ko‘tardi.

Klaudio Raneri jurnalistlarga bergan intervyusida ko‘plab masalalar, xususan klub bilan shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirgan Eldor Shomurodov haqida ham fikr bildirdi.

Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Nahotki, Eldor Shomurodov va Artyom Dovbikni boshlang‘ich tarkibda birga o‘ynatib bo‘lmasa?

- Avvalo, ularning mehnatkash ekani va birga o‘ynay olishini ta’kidlash lozim. Eldor – ikkinchi hujumchi, muhimi u xudbin emas, tabiatan ana shunday o‘yinchi. Ba’zan men undan o‘zi ham darvozaga ko‘proq zarba berishini talab qilaman.

Muammo shundaki, agar men uchrashuv boshidanoq Shomurodov va Dovbikni maydonga tushirsam, bellashuv davomida o‘yinni o‘zgartirishimga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Men hujumkorlikni oshirishni yaxshi ko‘raman.

Bu masalada har taraflama o‘ylab, keyin qaror qilish kerak, biroq bu Eldor va Artyom ilk daqiqadan birga o‘ynolmaydi, degani emas.

- Trigoriyaga kelganingizda oradan uch oy o‘tib, jamoa hozirgi darajasiga chiqishiga ishonganmidingiz?

- To‘g‘risini aytsam, bir haftadan keyin hammasini ortga qaytarishni o‘ylagandim. Qalbim tubida shuni yaxshi bilsam-da, o‘sha payt bu haqda bosh qotirmaganman. Jamoa menga hamma narsani beryapti. Agar to‘g‘ri hissiyotlarni shakllantira olmasam, bu harakatlar ish bermaydi.

- Jamoadagi yigitlar  bosh murabbiy sifatida qolishingizni so‘radimi?

- Ha, so‘rashdi, lekin men “Yo‘q rahmat”, dedim.

Ta’kidlash joizki, “Roma” rahbariyati anchadan beri jamoa Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etishni istayapti. Klubga egalik qiluvchi amerikalik biznesmenlar – Fridkinlar oilasi ana shu maqsadda 2021 yili Joze Mourinoni taklif qilib, uning oldiga “Roma”ni qit’aning eng nufuzli musobaqasiga olib chiqish vazifasini qo‘ygandi.

O‘shanda “Jenoa”da porlagan Eldor Shomurodov ham portugaliyalik mashhur murabbiy boshqaradigan yangi loyihaning ijrochisi sifatida Rimga olib kelingan.

Mourino qariyb uch yil davomida Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga da’vogarlik qila olmadi. Uning o‘rnini egallagan Daniele de Rossi va joriy mavsum boshida kelgan Ivan Yurich ham “Roma”ni kutilgan darajaga ko‘tara olmadi.

O‘tgan yili “Kalyari”ni yuqori divizionda olib qolganidan keyin pensiyaga chiqqan Klaudio Raneri o‘tgan yili noyabr oyining oxirida qadrdon jamoasining taklifini erda qoldirmadi. 73 yoshli mutaxassis qisqa fursatda jamoadagi bor futbolchilardan kuchli tarkib shakllantirdi.

Mana mavsumning hal qiluvchi pallasiga kelib, rimliklar Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Eng muhimi, avvalgi murabbiylar davrida qadrlanmagan Eldor Shomurodov, Matias Sule, Zeki Chelik, Manuel Kone, Mats Xummels jamoaning muhim figuralariga aylandi.

Ayniqsa, joriy mavsumning o‘zida ikki marta Rimdan ketishga yaqin kelgan Eldor Shomurodov chempionatning hal qiluvchi eng muhim pallasida “Roma”ga samara keltirayotgan etakchi o‘yinchilardan biri darajasiga ko‘tarildi.

Buning ortidan “Roma” o‘zbekistonlik futbolchi bilan hamkorlik shartnomasini yangiladi. Unga ko‘ra, 29 yoshli forvard 2027 yilning yozigacha Rim klubida to‘p tepadi.

Shomurodov muxlislarga murojaat yo‘lladi!

Premer-liga klub o‘zbek legioneri haqida noxush xabar berdi

Shomurodovga yangi missiya yuklandi!

Shomurodov paydo bo‘lishi bilan keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi!

Ana xolos: Husanovni qo‘llab kelgan Xoland tez orada “Siti”dan ketadigan bo‘lyapti

Shomurodov “top-3”da! Eldor kerakmas o‘yinchidan qahramonga aylandi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!