
Shomurodov sobiq jamoasiga, Fayzullaev esa, Jiyanov va Yo‘ldoshevga qarshi!
Bugun xorijda to‘p tepayotgan bir nechta legionerlarimiz jamoalari chempionat doirasidagi o‘yinlarini o‘tkazadi.
Italiya A Seriyasi.
A Seriyaning 11-turida legionerimiz Eldor Shomurodov jamoasi "Kalyari" o‘z uyida "Jenoa"ni qabul qiladi. Uchrashuv 19:00da start oladi. Mazkur bahs uchun sardiniyaliklarning qaydnomasida vakilimiz bor va bugun jamoasiga yordam berishga tayyor.
Bilamizki, "Jenoa" Shomurodovning sobiq klubi hisoblanadi.
RPL.
Bugun Rossiya Premer-ligasi 14-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Abbosbek Fayzullaev harakat qilayotgan Moskvaning TsSKA jamoasi "VEB Arena"da Ruslanbek Jiyanov hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘ynayotgan "Nijniy Novgorod"ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi.
Turkiya Superligasi.
Turkiya chempionati 11-turida muxlislar "Konyaspor" - "Fotix Karagyumryuk" qarama-qarshiligiga guvoh bo‘ladi. O‘yin 18:00da start oladi. Mehmonlar safida harakat qilayotgan legionerimiz Otabek Shukurov maydonga tushishga tayyor.
Fikrlar