
Shomurodov RPLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod
Rossiya Premer-Ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.
E’tiborli tomoni, Eldor Shomurodov ushbu ro‘yxatga kiritildi.
RPLda oyning eng yaxshi futbolchisini muxlislar, RPLdan vakillar va "Match Premer" telekanali birgalikda tanlashadi.
Ushbu sovringa beshta futbolchi nomzodi qo‘yilgan: Yuriy Dyupin ("Rubin"), Artem Dzyuba ("Zenit"), Aleksandr Sobolev ("Krilya Sovetov"), Aleksey Ionov("Rostov") va Eldor Shomurodov ("Rostov").
Fikrlar