
Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" "Barselona" bilan o‘ynaydi
Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" yozda "Barselona"ga qarshi o‘ynashi mumkin. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, kataloniyaliklar "Gamper kubogi"ga rimliklarni taklif qilmoqchi. An’anaviy Joan Gamper Kubogi 2022 yilning 6 yoki 7 avgust kunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Gamper Kubogi har yili o‘tkaziladi. Bu yilgi musobaqa sanoq bo‘yicha 57-si bo‘ladi. 2021 yilda "ko‘k-anorranglilar" ushbu o‘yin doirasida "Yuventus"ni mag‘lub etgandi.
Fikrlar