Shomurodov – O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar!

  • 15 iyun, 2023, 11:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Turkmaniston  - O‘zbekiston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz ishonchli 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

52-daqiqada Hojimat Erkinovning uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi gol ham yana o‘sha Eldor nomiga qayd etildi. Mahoratli hujumchimiz 86-daqiqada o‘z nomini ikkinchi bor tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Eldor "oq bo‘rilar" safidagi gollarini 36 taga etkazib, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi. Ikkinchi o‘rindagi Maksim Shatskixda 34 ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!