
Shohjahon Ergashev tashkil qilayotgan boks oqshomining markaziy janglari chempionlik kamari uchun bo‘ladi
15 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida professional bokschimiz Shohjahon Ergashev promouterlik klubi hamda "Axmat" klubi tomonidan professional boks kechasi tashkil qilinadi.
Tashkilotchilardan biri Feruz Yuldashevning saytimizga ma’lum qilishicha, ushbu kechaning ikkinchi markaziy jangi "Axmat" promouterlik klubi tomonidan ta’sis etilgan jahon chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Unda yurtdoshimiz Javohir Fozilov hamda Rossiya sharafini himoya qiluvchi Alisher Ashurov o‘zaro to‘qnash keladi.
Shuningdek, bir qator janglar ham bo‘lib o‘tadi. To‘liq juftliklarni tez orada ma’lum qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar