Shohjahon Ergashev hamda "Axmat" klubi hamkorlikda boks kechasi tashkil qilmoqda yoxud Feruz Yuldashev yana jang qiladi

  • 24 sentabr, 2021, 06:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

15 oktyabr kuni Farg‘onaning Rapqon qishlog‘ida taniqli professional bokschimiz Shohjahon Ergashevning promouterlik hamda "Axmat" klubi hamkorligida professional boks oqshomi tashkil qilinadi.

Tecno

Unda bir qator yurtdoshlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. Jumladan, super engil vazn (63.5 kg) toifasida yurtdoshimiz Feruzbek Yuldashev ham uch yillik tanafussdan so‘ng yana reyting jangida ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. 

Yuldashevning faoliyatidagi tanaffus orttirib olgan jiddiy jarohati sababli yuzaga kelgandi. Endi esa ushbu charmqo‘lqop ustasi yana faoliyatini tiklamoqda. Hozircha raqib ma’lum emas. Tez orada bu borada va jang kechasining to‘liq juftliklari haqida ma’lumot beramiz.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!