
Shohjahon Ergashev 23 avgust kuni meksikalik bokschi bilan jang qiladi
AQShning Oklaxoma shtati Broken-Errou shahrida joriy yilning 23 avgust kuni “Showtime” telekanali tomonidan boks kechasi tashkillashtiriladi.
Mazkur kechada engilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev (16-0-0) o‘zining 17 jangini o‘tkazadi. Unda bokschimizga meksikalik Abdiel Ramirez (24-4-1) qarshilik ko‘rsatadi. Shohjahon va Abdiel o‘rtasida o‘tkaziladigan bahs 10 raund davom ettiriladi.
Ma’lumot uchun, Sh.Ergashaevning 28 yoshli raqibi A.Ramirez so‘nggi marotaba joriy yilning 23 mart kuni amerikalik Xavier Molinaga qarshi ringga ko‘tarilib mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar