Shmeyxel APLga qaytishi mumkin

  • 6 iyul, 2024, 17:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kasper Shmeyxelni "Vulverxempton" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 37 yoshli darvozabon "Anderlext" bilan mavsum avvalida 1 yillik shartnoma imzolagan edi, Daniyalik posbonning Belgiya jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etdi va erking agent aylandi.

Tecno

Shmeyxelni Premer Liganing boshqa bir qator klublari ham kuzatib bormoqda va futbolchining o‘zi ham Angliyaga qaytishga qarshi emas. "Nottingem Forest" yanvar oyida tajribali darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo "Anderlext" Belgiya Pro-ligasi chempionliki uchun kurashayotgani uchun uni yo‘qotishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, Kasper professional faoliyatining ilk 16 yilini Angliyada o‘tkazgan. Daniya terma jamoasi sardori "Lester Siti" bilan 2015-16 mavsumda APL chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!