
Shaxmat: Umida Omonova blits yo‘nalishida Osiyo chempioniga aylandi
Ayni kunlarda BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova blits yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Davron Sharipov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Malikaxon Jumaeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3-o‘rin sohibiga aylandi.
Fikrlar