Shaxmat. Toshkentda "Prezident kubogi" start oldi

  • 21 noyabr, 2024, 13:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Bugundan boshlab, Toshkentda "Prezident kubogi" 1-turi start oldi. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Tecno

Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.

Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.

21 noyabr kuni soat 14:00 da mazkur turnirning 1-tur bahslari boshlanadi. 

To‘liq juftliklar ro‘yxati bilan tanishish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling: https://chess-results.com/tnr1064998.aspx?lan=11

Ma’lumot uchun, Turnirning barcha partiyalari "UzChess" You Tube kanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Shaxmat muxlislariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ushbu musobaqada maxsus "fan zona" tashkil etilgan. Bu erda siz do‘stlaringiz bilan birgalikda o‘yinlarni kuzatishingiz va shaxmat atmosferasidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Bundan tashqari, mazali taomlar taqdim etuvchi oshxona ham xizmat ko‘rsatadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
21/11/2024 20:41
каерда мусобака утаётганини ёзмабсизлар-ку