Shaxmat: Mukofot jamg‘armasi 12000 evrolik turnir start oldi

  • 22 sentabr, 2019, 01:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Bugun, Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida "Markaziy Osiyo Shaxmat Festivali" start oldi.

Tecno

Ushbu festival RosAtom, FIDE va O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

"Markaziy Osiyo Shaxmat Festivali" 3 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi. Asosiy turnir bu 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Qolaversa, rapid (tezkor shaxmat) bo‘yicha uch guruhda va maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa hamda FIDE arbitlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.

photo_2019-09-21_12-43-40

Musobaqada– Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va O‘zbekistondan umumiy 200 nafar aql idrok egalari ishtirok etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 12000 evro bo‘lgan mazkur festivalda, standart yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan o‘g‘il bolalarga 3000 evro, qiz bolalarga esa 1500 evro pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Musobaqada o‘yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalaniladi. Federatsiyalarni rivojlantirish dasturi bo‘yicha, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federatsiyalariga o‘z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etiladi.

photo_2019-09-21_12-43-41

O‘zbekiston shahmat akademiyasida mazkur festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda bir qator mutasaddi shaxslar ishtirok etdi.Jumladan,  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov, FIDE Prezidenti maslahatchisi Berik Balgabaev, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi vitse prezidenti Husan Turdaliev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bosh direktori o‘rinbosari Vyacheslav Pak hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

photo_2019-09-21_12-43-38

"Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan sportga katta e’tibor berilmoqda, shu jumladan aql gimnastikasi deb e’tirof etiluvchi shaxmatga ham e’tibor yuqori darajada. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif burgan 200 dan ziyod shaxmatchilar ishtirok etuvchi turnirning yurtimizda o‘tkazilishi, shaxmatning rivojini oshirish barobarida yoshlarning ushbu aql zakovot o‘yiniga yanada qiziqishiga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda "Markaziy Osiyo Shaxmat Festivali"ni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan RosAtom korporatsiyasiga, Xalqaro shaxmat Federatsiyasi ya’ni FIDE tashkilotiga va yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Barcha ishtirokchilarni ushbu festival boshlanishi bilan tabriklaymiz va omad tilaymiz", - dedi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

aaaaaaaaaaaa

Shundan so‘ng martabali mehmonlar musobaqaning ramziy birinchi yurishini amalga oshirib berishdi hamda "Markaziy Osiyo Shaxmat Festivali"ga rasman start berildi.

shshsh

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!