
Shaxmat: Jahon chempionatida medallar qo‘lga kiritildi
Ispaniyaning Salobreniya shahrida 11-13 sentyabr kunlari 14,16,18 yosh toifasida rapid va blits yo‘nalishida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimiz sharafini 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida surxondaryolik Aziza Tursunova 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalalar o‘rtasidagi bahslarda esa toshkentlik Muhiddin Madaminovlar himoya qilishdi.
Muhiddin Madaminov tezkor shaxmatda kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Aziza Tursunova blits musobaqalarida sovrindorlar qatoridan joy oldi.
O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar