
Sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng MYu afsonasi shifoxonaga tushib qoldi (foto)
Angliya Premer-ligasi 9-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mersisaydliklar 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin davom etayotgan bir paytda, "qizil iblislar"ning sobiq sardori Rio Ferdinand "Tvitter"dagi sahifasi orqali post qoldirdi. "Bu 60 daqiqa meni kasalxonaga tiqdi. Jin ursin!",-deya yozib qoldirdi angliyalik sobiq futbolchi.
Tvit yozilgan vaqtda tabloda 5:0 hisobi bilan MYuning ashaddiy raqibi "Liverpul" g‘alaba qozonayotgandi. Bir necha daqiqalardan so‘ng, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Pol Pogba qizil kartochka oldi.
Ferdinand o‘z sahifasiga quyidagi suratni yukladi.
Fikrlar