
"Sharja" mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Shukurov to‘liq harakat qildi
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 1-turidan o‘rin olgan "Sharja" va "Ittixad Kalba" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdagi yagona golga jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Bernard mualliflik qildi.
Sharjaliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Otabek Shukurov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq daqiqa o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, "Sharja" kecha hamyurtimiz bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirganini e’lon qilgan edi.
Fikrlar