
"Sharja" futbolchisining "Paxtakor" darvozasiga kiritgan goli 3-turning eng chiroylisi bo‘lishga nomzod
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turi o‘z yakuniga etdi. Tur davomida bir qator chiroyli gollar urildi va OFK rasmiy sayti bugun ular orasida eng chiroyli bo‘lgan 5 tasini saralab oldi.
Ular orasida "Sharja" futbolchisi Salem Salehning goli ham o‘rin olgan. "Paxtakor"ga qarshi o‘yindagi 2-golning kiritilishida Kaioning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Ushbu golning e’tirof etilishida ham ushbu legionerning ajoyib driblingi hal qiluvchi rol o‘ynagani sir emas.
Quyida ushbu o‘yindagi barcha xavfli vaziyatlarni yana bir bor ko‘rib chiqishingiz mumkin:
Fikrlar