
"Shara Bullet" yaqin orada oktagonga qaytmaydi, sababi esa...
"Shara Bullet" nomi bilan mashhur UFC jangchisi Sharabutdin Magomedovning keyingi jangi haqida xabarlar tarqala boshladi.
Sportchining menejeri Rizvan Magomedov esa bu haqda ba’zi ma’lumotlarni ochiqladi.
"Shara sog‘lig‘iga e’tibor qaratish uchun tanaffus oldi, birozdan so‘ng u yana mashg‘ulotlarga qaytadi. Biz oktyabr oyida oktagonga qaytishni rejalashtirganmiz" - deya menejerning so‘zlarini keltirdi "TASS".
Eslatib o‘tamiz, Sharabutdin Magomedov so‘nggi jangida Maykl Peyjdan ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar