
Shahboz Umarov gol kiritdi, Superkubokni esa Ubaydullaevning jamoasi qo‘lga kiritdi
Bugun Belarus Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Shahzod Ubaydullaev faoliyat olib boradigan Belarusning amaldagi chempioni - "Shaxtyor" jamoasi yana bir hamyurtimiz Shahboz Umarov to‘p tepadigan BATE klubi bilan Superkubok uchun bahs olib bordi.
"Minsk" stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi (0:0) va musobaqa reglamentiga muvofiq penaltilar seriyasiga murojaat etildi. "Futbol lotereyasi"da esa omad soligorskliklarga kulib boqdi (5:4) va jamoa o‘z tarixida ilk marta Belarus Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Ubaydullaev bellashuv qaydnomasidan o‘rin olmadi. Umarov esa 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, hal qiluvchi penaltilardan birini aniq amalga oshirdi. Shu tariqa, "konchilar" o‘z tarixida ilk bor Superkubok g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar