Shahboz Umarov BATEdagi faoliyatini davom ettiradimi? Futbolchi vaziyatga oydinlik kiritdi

  • 23 dekabr, 2021, 23:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarusning BATE klubida to‘p surib mahalliy muxlislarning mehrini qozona olgan hamyurtimiz Shahboz Umarov qanchalik foydali o‘yinchi ekanligini barchaga ko‘rsata oldi. Mehnati orqali klubida ham o‘z o‘rnini topdi. Xo‘sh, Umarov kelasi mavsumni qaerda o‘tkazmoqchi? Bu borada futbolchi Sports.uz ga shunday dedi:

Tecno

- Koronavirusni hisobga olmaganda hammasi yaxshi o‘tdi. Afsuski, pandemiya tufayli ko‘p o‘yinlarda ochko yo‘qotdik. Futbolchilar ham shu sababli maydonga tusha olishmadi. Biz chempionatni 2-o‘rinda tugatdik.

Albatta, menga takliflar bor. Lekin BATE bilan shartnomam mavjud. Hozir takliflar haqida gapirmagan bo‘lardim. Chunki aytganimdek, jamoam bilan shartnomam bor. Shuning uchun boshqa takliflar haqida o‘ylash noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Yig‘inlar boshlansa, yangi yildan keyin gaplashib, bir qarorga kelamiz, - deydi Shahboz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!