"Shabab Al-Ahli" murabbiyi: AGMK ustidan qozonilgan g‘alaba bizga keyingi bosqichga chiqish uchun umid bag‘ishladi

  • 27 aprel, 2021, 10:49
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 5-tur doirasidagi "Shabab Al-Ahli" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dubayliklar bosh murabbiyi Mahdi Ali ishtirok etdi. 

Tecno

"Bu o‘yin ikki jamoa uchun ham juda muhim. Sababi, pley-offga chiqish ayni damda to‘rtala jamoada ham mavjud. Oldingi natijalar guruhdagi jamoalarning darajasi tengligini bildiradi. Har bir jamoada g‘alaba qozonish imkoniyati bor.

So‘nggi o‘yindagi g‘alaba bizga ishonchni qaytardi. Bugungi uchrashuvda ijobiy natijaga erishib, "Al-Hilol"ga qarshi bahsga yaxshi kayfiyatda etib bormoqchimiz.

AGMK ustidan qozonilgan g‘alaba bizga keyingi bosqichga chiqish uchun umid bag‘ishladi. Biz o‘z maqsadimizga erishish uchun kurashishimiz kerak. Birinchi bahsda "Istiqlol" ustunlik qildi. Ertangi g‘alaba bizning imkoniyatlarimizni oshiradi", - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
27/04/2021 22:51
ШУ ИСТИҚЛОЛ БЎЛСА ЮТАДИ АЛ АҲЛИНИ. ҚЎШНИЛАР ДАҲШАТЛИ СТАРТ ОЛШДИ. ҲИЛОЛ ТЎҲТАТАОЛМАДИ, АЛ АҲЛИГА ЙЎЛ БЎЛСИН...