
"Sersoqol" "bo‘ri" ishdan ketadi!
“Vulverxempton” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuni iste’foga chiqarib yuboradigan bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis mavsum yakunlangan o‘z lavozimini topshirishi kerak bo‘ladi.
Santu “bo‘rilar”ni to‘rt mavsumdan beri boshqarmoqda. Bu mutaxassisning o‘yinchilar va muxlislar oldida hurmati baland. Biroq, jamoa qayd etayotgan natijalar rahbariyatni umuman qoniqtirmayapti. Jamoa joriy mavsumda 12-pog‘onada bormoqda.
Bundan tashqari, Nunu Santu “Vulverxempton”ni “kichik Portugaliya”ga aylantirib yuborgan. Ayni paytda jamoadagi asosiy vazifalarni uning sakkiz nafar hamyurti bajaradi.
Mutaxassislar “Vulverxempton”ning muvaffaqiyatsizliklarini jamoa etakchisi Raul Ximenesning jarohati bilan bog‘lamoqda.
Fikrlar