
Sergey Fomin ikkinchi raqibini ham taslim qildi
Tailandning Nontxaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqada ikkinchi davra o‘yinlariga start berildi.
Unda hamyurtimiz Sergey Fomin qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin bilan kuch sinashdi. Ikki set davom etgan bahsda Fomin 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi S.Fomin turnirning chorak finalida ukrainalik Vladislav Orlovga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bosqichda tajribali tennischimiz Sanjar Fayziev turkiyalik Marsel Ilhan 7:6, 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar