
Sergeev rus klubiga o‘tyaptimi? "Tobol" matbuot kotibi shu haqda fikr bildirdi
"Tobol" hujumchisi Igor Sergeevga "Torpedo" klubi qiziqish bildirmoqda.
Qozog‘iston jamoasi matbuot kotibi Kaskirbay Koyshimanovning ushbu xabarga munosabat bildirdi. 29 yoshli futbolchi kostanayliklar safiga o‘tgan mavsumda kelib qo‘shilgandi.
"Ayni damda Sergeev "Tobol" futbolchisi sifatida qolmoqda. Igorning klubimiz bilan shartnomasi bor. Balki "Torpedo" hujumchining o‘zi bilan bog‘langandir", - deya Kaskirbayning so‘zlarini keltirdi "Sport24" nashri.
Joriy mavsumda legionerimiz Qozog‘iston chempionatida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan.
Fikrlar