
Sensatsiya: Superto‘purar Keyn endi Ispaniya grandida o‘ynaydi
Professional futbolchilik faoliyatida “Tottenxem” va “Bavariya”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelgan Harri Keynning keyingi manzili Ispaniya La Ligasi bo‘lishi mumkie.
“Barselona” rahbariyati angliyalik hujumchini 2026 yilning yozgi transferlar oynasi davrida o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Bir necha manbalarning tasdiqlashicha, Keynning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasida 2026 yilning yozida unga jamoani o‘zgartirish imkonini beruvchi band kiritilgan. Kataloniyaliklar aynan o‘sha bandni ishga solgan holda tajribali hujumchini transfer qilmoqchi.
32 yoshli Keyn uzoq yillar “Tottenxem”da o‘ynab, biror nufuzli sovrinni qo‘lga kirita olmagan edi. Yakunlangan mavsumda bu bo‘shliqni Bundesliga chempionligi bilan to‘ldirdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etadi.
Harri Keyn klublar miqyosidagi faoliyatida jami 610 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 392 ta gol va 105 ta assist yozdirib qo‘ygan. Angliya terma jamoasi safida esa, 107 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 73 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar