Sautgeyt bilan shartnomani uzaytirishmoqchi

  • 9 sentabr, 2021, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Noyabr oyida Qatardagi jahon chempionatiga saralashning asosiy qismi yakunlanadi. Saralash yakunlangach, Angliya futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Tecno

Garet Sautgeytning amaldagi shartnomasi 2022 yilning oxirigacha amal qiladi. Angliya futbol assotsiatsiyasi mutaxassisga 2024 yilgi Evropa chempionati tugagunga qadar shartnoma taklif qilmoqchi.

Qayd etilishicha, Angliya futboli rahbariyati Garet Sautgeytning qachondir milliy terma jamoa bilan ishlashni yakunlab, klub darajasida ishlash istagini ham inobatga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 51 yoshli Sautgeyt Angliya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa joriy yil Evropa chempionati finaliga qadar etib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!