
Sautgeyt 29-debyutantni maydonga tushirdi
"Lester" klubi futbolchisi Jeyms Meddison Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Chernogoriya (7:0) ga qarshi bellashuvda Angliya terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
Yarim himoyachi bahsning 56-daqiqasida Aleks Oksleyd-Chemberleynning o‘rniga maydonga tushirildi.
Ma’lumot uchun, Meddison Angliya terma jamoasi libosini kiygan 1245-futbolchiga aylandi va shu qatorda, Sautgeyt qo‘l ostida debyut qilgan 29-futbolchi bo‘ldi.
Fikrlar