
Saudiyaliklar mashhur yulduzni Evropaga jo‘natmadi
“Al-Ittihod” klubi va Frantsiya terma jamoasi futbolchisi N’Golo Kanteda Angliya Premer-ligasiga qaytish imkoniyati tug‘ilgandi.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, tajribali yarim himoyachi Angliyaga qaytmaydigan bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, “Vest Xem” mutasaddilari Kante transferi bo‘yicha muzokaralarda “Al-Ittihod” rahbariyatini o‘yinchini qo‘yib yuborigga ko‘ndira olmagan. Saudiyaliklar Kanteni loyihaning muhim figurasi, deb biladi va uni jamoadan ketishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan.
33 yoshli futbolchi “Al-Ittihod” safiga o‘tgan yili yozda qo‘shilgandi. Yakunlangan mavsumda Kante jami 44 ta o‘yinda ishtirok etib, to‘rtta gol va oltita assist qayd etdi.
Kante Angliyada sakkiz yil to‘p tepib, “Lester Siti” va “Chelsi” safida to‘p tepgan. U Angliya chempioni, mamlakat kubogi sohibi, Evropa Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar