
Saudiyaliklar “Liverpul”ning yana uch o‘yinchisini olib ketmoqchi
Saudiya Arabistoni klublari Evropaning mashhur futbolchilarini professional ligaga taklif etish harakatlarini davom ettirmoqda.
Shayxlarga ko‘proq “Liverpul” yulduzlari ma’qul kelyapti. “Al-Ittihod” o‘tgan yozda Muhammad Saloh uchun taklifini 215 million funtgacha ko‘targan edi. Bu jamoa mashhur to‘purarni olish harakatlarini kelasi yozda ham to‘xtatmasligi aytilmoqda.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni professional ligasi klublari Evropadagi futbolchilar “ovi”ni davom ettirmoqda.
Caught Offside nashrining xabariga ko‘ra, Stiven Jerrard bosh murabbiylik qilayotgan “Al-Ittifoq” Yurgen Kloppning ikki shogirdini transfer qilmoqchi. Jerrard sobiq klubidan Jo Gomes va Joel Matipni yordamga chaqiryapti.
Fikrlar