
Saudiya Arabistoni terma jamoasi antirekord o‘rnatdi
Saudiya Arabistoni terma jamoasi jahon chempionati guruh bahslarida kartochkalar olish bo‘yicha antirekord o‘rnatdi.
Erve Renar shogirdlari 3 ta uchrashuvda 14 ta sariq kartochka oldi. Bu guruh o‘yinlarining yangi antirekordi hisoblanadi. Argentina va Meksika bilan uchrashuvlarda 6 tadan, Polshaga qarshi bellashuvda esa saudiyalik futbolchilar 2 ta sariq olgan.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi 3 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.
Fikrlar