
Sardor Qulmatov - "Buxoro"ning dastlabki transferi
Pro ligadan Superligaga qaytgan “Buxoro” klubi ham qishki selektsiya ishlarini olib bormoqda. Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev o‘z jamoasiga sobiq shogirdini jalb qildi.
2024 yilgi mavsumni “So‘g‘diyona” klubida o‘tkazgan himoyachi Sardor Qulmatov rasman “Buxoro” a’zosiga aylandi va bu xususida klub ham rasmiy xabar tarqatdi.
O‘z vaqtida Baqoev “So‘g‘diyona”ni boshqargan kezlarida Qulmatov uning qo‘l ostida to‘p surgan va endilikda ularning yo‘llari yana bir bor kesishmoqda. Aytish joizki, Qulmatov “Buxoro”ning qishki selektsiyadagi dastlabki transferiga aylandi.
1994 yilda tavallud topgan Sardor Qulmatov bu yil “So‘g‘diyona” safida Superliga va O‘zbekiston Kubogida hammasi bo‘lib 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golga assistlik qildi.
Fikrlar